BMT Butunjahon turistik tashkiloti Bosh Assambleyasining Xitoyning Chendu shahrida o‘tayotgan 22-sessiyasi doirasida O‘zbekiston Turizmni rivojlantirish davlat qo‘mitasi raisi Aziz Abduhakimovning Rossiya Federal turizm agentligi rahbari Oleg Safonov bilan uchrashuvi bo‘lib o‘tdi. Bu haqda UzDaily xabar bermoqda.
Uchrashuv doirasida ikki tomonlama hamkorlikning dolzarb masalalari muhokama qilindi. Xususan, O‘zbekistonga tashrif buyurayotgan rossiyalik turistlar sonini oshirish masalasi ko‘rib chiqildi.
Tomonlar rossiyalik turistlar uchun maxsus turpaketlar ishlab chiqishga kelishib oldi. Shuningdek, O‘zbekiston milliy turistik mahsulotlariin Rossiya turistik bozorida faollashtirish masalasi ko‘rib chiqildi.
Izoh (0)