Buyuk Britaniya fuqarosi besh farzandini dunyoga keltirganidan so‘ng yana avvalgi go‘zal qomatini tiklashga qaror qildi, deb yozadi “Vesti.ru”.
Nort-yorkshirlik 35 yoshli Simon Geytli 30 kilogrammga yaqin ortiqcha vazndan qutulgach, Instagram yulduziga aylandi. Endi u YouTube’da o‘z kanalini ham yuritmoqda.
Britaniyalik ayol qanday ozgani siri bilan bo‘lishdi: har kuni u hammadan oldin uyg‘onib, 1,5 soat davomida yuguradi. Bundan tashqari, ayol trenajor zalida ham shug‘ullanadi.
Geytlining oilasi katta: 45 yoshli turmush o‘rtog‘i — professor Pol Geytli hamda besh farzandi — Minni (2 yosh), Indiya (5), Blossom (6), Chester (7) va Sammer (9) bor.
Ba’zi obunachilar Geytlining qaddi-qomati yolg‘ondakam ekanligini, bolalarni esa surrogat ona dunyoga keltirganini ta’kidlamoqda. Britaniyalik ayolning sportdagi muvaffaqiyatlari haqida dunyoning yetakchi OAVlari ham yozishga ulgurdi.
Izoh (0)