Suriya hukumat qo‘shinlari artilleriya ko‘magida Dayr az-Zavr shahridan sharqiy yo‘nalishda hujumga o‘tdi. Bu haqda “RIA Novosti” xabar bermoqda.
Aytilishicha, general Suxayl jangchilar hamda Respublika armiyasining general Zahiriddin qo‘mondonligidagi qo‘shilmalari 8-sentabr kuni hujum harakatlarini boshlagan. Old otryadlarning siljishini reaktiv va stvolli artilleriya qo‘llab turibdi.
Dayr az-Zavrning sharqiy chetida 2017-yil yanvaridan buyon mingdan ortiq harbiy xizmatchidan iborat garnizon o‘rnashgan baza qamal holatida turibdi.
Izoh (0)