“Suriya demokratik kuchlari” (SDK) Raqqadagi (Damashqdan 520 kilometr narida) terrorchilarning mudofaa postlariga hujum uyushtirishni davom ettirmoqda va 8-sentabr, juma kuni shahar universiteti binosi hamda talabalar kampusini qo‘lga kiritdi, deb xabar berdi “TASS”.
Firat agentligining xabar berishicha, jangarilar Firotdagi ta’lim va tadqiqot markazini mustahkam lagerga aylantirib olib, u yerda uch oydan ortiqroq vaqt davomida himoyalangan.
Markaz binosida xudkushlar qurolli to‘qnashuvlar paytida foydalanadigan minalashtirilgan mashinalarni tayyorlovchi ustaxona ishlab turgan.
Agentlikning ma’lumotlariga ko‘ra, universitet va uning hududi ustidan o‘rnatilgan nazorat SDKning o‘tgan haftada IShID jangarilarini Raqqa tarixiy markazidan tozalaganidan so‘ng erishgan ahamiyatga ega muvaffaqiyati hisoblanadi.
Arab-kurd otryadlaridan iborat SDK hozirda shahar hududining 70 foizini nazorat qilmoqda va 14 ta dahani ozod etdi.
IShID ekstremistik guruhi jahonning bir qator mamlakatlari va xalqaro tashkilotlar tomonidan “terrorchilik tashkiloti” deb topilgan.