Xitoyda bolalar bog‘chasining birinchi kuni ota-onalar uchun bolalardan ko‘ra muhimroq bo‘ladi. Ko‘plab onalar bolalarni bog‘chaga kiritib yuborganidan so‘ng ham uyiga ketmaydi. Aksincha, to‘siqlar, devorlarni egallab olgan holda, bolalarini kuzatishda davom etadi. Bu holatlar aks etgan suratlarni TJoiurnal taqdim etdi.
Xitoy ijtimoiy tarmoqlari foydalanuvchilarining so‘zlariga ko‘ra, ota-onalar tashqaridan kuzatib turganda, tarbiyachilarga mashg‘ulotlarni o‘tish qiyin bo‘ladi. Shuning uchun o‘qituvchilar tez-tez ko‘chaga chiqb, ota-onalardan ketishni so‘raydi.