AQSh Davlat departamenti Bahraynga salkam 4 milliard dollarga qurol-yarog‘ sotilishini ma’qulladi. Bu haqda “Korrespondent.net” xabar bermoqda.
Foreign Military Sales hukumat dasturi doirasida, jumladan, 2,7 milliard dollarga 19 ta F-16V qiruvchi samolyoti, 27 million dollarga TOW raketalari, 60,25 million dollarga qo‘riqchi katerlari yetkazib berilishi rejalashtirilgan.
Mazkur sotuvdan ko‘zda tutilgan maqsad Bahraynning mintaqaviy tahdidlarni tiyish va mudofaasini mustahkamlash imkoniyatini oshirishdan iborat ekani bildirilmoqda.