Turkiyaning Antalya viloyatida o‘tgan hafta ushlangan Germaniya fuqarosi mamlakatdan chiqib ketmaslik sharti bilan hibsdan ozod etildi. Bu haqda “RIA Novosti” xabar bermoqda.
O‘shanda Germaniyaning ikki fuqarosi hibsga olingan edi.
Hibsga olishlar Turkiya va Germaniya o‘rtasidagi munosabatlarni keskinlashtirib yubordi. Jumladan, Germaniya kansleri Angela Merkel Turkiyaning Yevroittifoqqa kirishi borasidagi muzokaralar yuzasidan Berlin pozitsiyasini qayta ko‘rib chiqishga chaqirdi.
Hibsga olinganlar asli turkiyalik er-xotin bo‘lib, ular Antalyada dam olayotgan edi. Ular muxolif siyosatchi Fathulloh Gulen tashkilotiga aloqadorlikda gumon qilinmoqda.
Izoh (0)