Buyuk Britaniya shahzodasi Jorj maktabga bordi. The Sun nashri shahzoda Uilyamning to‘rt yoshli bolasini maktabga olib borayotgani aks etgan ilk fotosuratlarni e’lon qildi, deb xabar beradi “Korrespondent.net”.
Buyuk Britaniyada boshlang‘ich ta’lim 4–5 yoshdan boshlanadi. O‘quv yili esa turli ta’lim muassasalarida farq qilishi mumkin.
Kichik shahzoda Tomas Battersi maktabida boshlang‘ich ta’lim oladi. U yerda o‘quv yili 7-sentabrdan boshlanadi.
Izoh (0)