O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev va Qirg‘iziston prezidenti Almazbek Atamboyevning uchrashuvlari rasmiy delegatsiyalar ishtirokida davom ettirildi. Bu haqda O‘zA xabar bermoqda.
O‘zbekiston rahbari Qirg‘iziston Respublikasi prezidenti va qirg‘iz xalqini yaqinda nishonlangan milliy bayram – Mustaqillik kuni bilan muborakbod etdi.
Xalqlarimiz o‘rtasida tarixan shakllangan qardoshlik va ahil qo‘shnichilik munosabatlarini yuksak qadrlaymiz. Aynan mana shu munosabatlar davlatlarimiz o‘rtasidagi aloqalarning mustahkam poydevori bo‘lib xizmat qilmoqda.Almazbek Atamboyev Shavkat Mirziyoyevni Qirg‘izistonga davlat tashrifi bilan qutlab, bu ikki davlat o‘rtasida oliy darajadagi muloqotlarning mantiqiy davomi, tomonlarni qiziqtirgan masalalarni muhokama etish uchun qulay imkoniyat ekanini ta’kidladi.Shavkat Mirziyoyev, O‘zbekiston Prezidenti
Muzokaralarda o‘zaro va ko‘p tomonlama munosabatlarga oid dolzarb masalalar muhokama qilindi. Siyosiy, savdo-iqtisodiy, sarmoyaviy va madaniy-gumanitar sohalarda hamkorlikni yanada rivojlantirish xususida fikr almashildi.
Izoh (0)