Somali shimoli-sharqida ro‘y bergan portlashda 12 kishi halok bo‘ldi. Terakt uchun javobgarlikni “ash-Shabob” guruhi o‘zi zimmasiga oldi, deb xabar beradi “RIA Novosti”.
Portlash Puntlend muxtor tumanidagi aholi yashash punktlaridan birida ro‘y berdi.
“Af-Ururdagi bozor yaqinida o‘rnatilgan bomba ishga tushdi. Ayni paytda 12 kishi, shu jumladan, tinch fuqarolar va harbiylar halok bo‘ldi”, — ma’lum qildi Puntlend harbiylari vakili Muhammad Ismoil.
Izoh (0)