Amerikalik sobiq basketbolchi Dennis Rodman KXDR yetakchisi Kim Chen Inni ushbu mamlakatni qoloq o‘lkadan “XXIV asr mamlakati”ga aylantirgani uchun maqtadi. Bu haqda u Pxenyanga uyushtirgan navbatdagi safaridan so‘ng AQShning Dujour jurnaliga bergan intervyusida aytib o‘tdi, deb xabar beradi “TASS”.
“Kim Chen In rostanam Shimoliy Koreyani kuchli o‘zgartirmoqda, u XXIV asr mamlakatiga aylanmoqda. Yo‘qolsin eskilik, yashasin yangilik!”, — deb safar taassurotlarini ifodaladi Rodman.
Sobiq sportchi Shimoliy Koreya aholisini mehribon va mehnatsevar deb hisoblashini ta’kidlab o‘tdi:
“Ular juda ko‘p ishlaydi va eng oddiy narsalarda iftixor topa oladi. Ulardan birortasi yalqovlik nimaligini bilmasa kerak, ular ishga sho‘ng‘ib ketgan”.
Dennis Rodman tez-tez KXDRga borib turadi. U ilk bor 2013-yili “Garlem Globtrotterz”ning KXDR milliy terma jamoasi bilan uchrashuvini tomosha qilish uchun Pxenyanga tashrif buyurgan va o‘sha yerda Kim Chen In bilan tanishgan edi.
Izoh (0)