“O‘zbekiston” xalqaro anjumanlar saroyida O‘zbekiston mustaqilligining 26-yilligiga bag‘ishlangan bayram tantanasi bo‘lib o‘tdi. Bu haqda O‘zA xabar bermoqda.
Tadbirda davlat va jamoat tashkilotlari vakillari, hukumat a’zolari, vazirlik va idoralar xodimlari, turli sohalarda faoliyat yuritayotgan fuqarolar, diplomatik korpus va xalqaro tashkilotlar vakolatxonalari rahbarlari ishtirok etdi.
Saroyga O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev kirib keldi. Davlat rahbari minbarga taklif etildi. Prezident mustaqillikning yigirma olti yilligi bilan fuqarolarni tabrikladi.
Bayram dasturi har qachongidan boshqacha bo‘ldi, deb ta’kidlanadi xabarnomada. Kuy-qo‘shiqlar she’rlar bilan uyg‘unlashib ketdi. Bolalarning chiqishlari barchaga tabassum ulashdi. Jahon mumtoz musiqalari yangradi. Tantanali marosim san’atkorlar jo‘rligidagi “Vatan azizdir” qo‘shig‘i bilan nihoyasiga yetdi.
Izoh (0)