BMTning inson huquqlari bo‘yicha oliy komissari Zayd Ra’d al-Husayn AQSh prezidenti Donald Trampni so‘z erkinligiga daxl qilishda aybladi. Bu haqda “TASS” xabar bermoqda.
“Darhaqiqat, AQSh konstitutsiyasi asoslaridan biri bo‘lgan va Qo‘shma Shtatlar uzoq yillar davomida himoya qilib kelgan so‘z erkinligi prezident tomonidan hujumga uchrayotganini ko‘rsangiz, hayratlanar ekansiz”, — dedi u Jenevada jurnalistlar oldida qilgan chiqishida.“Bu kutilmagan burilish, — so‘zida davom etdi al-Husayn. — Oxir-oqibat bu voqealarning o‘ta xatarli rivojlanishidir”.
BMT komissarining qo‘shimcha qilishicha, Trampning jurnalistlarga nisbatan salbiy bayonotlari siyosiy va ijtimoiy guruhlar o‘rtasida adovat urug‘ini ekishga urinish sifatida baholanishi mumkin.
Izoh (0)