AQSh boshchiligidagi xalqaro koalitsiya harbiy-havo kuchlari Livandan evakuatsiya qilingan IShID jangarilari Suriyaning sharqiy qismiga kira olmasligi uchun aviazarba amalga oshirdi. Bu haqda “RIA Novosti” xabar bermoqda.
“Konvoy sharqqa kirib kela olmasligi uchun biz yo‘lga zarar keltirib, kichik ko‘prikni buzdik”, — ma’lum qildi koalitsiya vakili polkovnik Rayan Dillon.
28-avgust kuni “Hizbulloh” harakati manbalari Livandagi vakillari Suriyaga olib chiqib ketilayotganini bildirgan edi.
IShID ekstremistik guruhi jahonning bir qator mamlakatlari va xalqaro tashkilotlar tomonidan “terrorchilik tashkiloti” deb topilgan.
Izoh (0)