Kanadaning Kvebek provitsinsiyasi, Monreal shahri politsiyasining velosipedli patruli AQShda qidirilayotgan eng xavfli jinoyatchilardan birini ushladi. Bu haqda “TASS” xabar bermoqda.
Asli laoslik, Kao laqabi bilan mashhur Katay-Xaofon Sichantxa AQSh immigratsion xizmati tomonidan ko‘plab jinoyatlari uchun qidirilayotgan edi. Monreal politsiyachilari 23-avgust kuni uni sherigi bilan birga rejali patrul chog‘ida ushladi. Erkak narkotik moddalar saqlashda gumon qilinib, politsiyachilar diqqatini tortdi. Hujjatlarni tekshirish chog‘ida u qochishga urindi, ammo tez orada tutib olindi.
Qo‘lga olingach, Kao AQSh fuqaroligi haqida soxta hujjat taqdim etdi. Tekshiruv chog‘ida u 2005-yildan buyon AQSh narkotik moddalar savdosi tufayli qidirilayotgani aniqlandi.
Sichantxa uchun 25 ming dollar miqdorida mukofot e’lon qilingan edi.
Izoh (0)