Instagram’da keyingi avlod BMW X4 krossoverining ilk fotosuratlari paydo bo‘ldi. Ko‘zga tashlanadigan eng yorqin o‘zgarishlardan biri radiator panjarasi hamda yangi ingichka orqa chiroqlardir, deb yozadi Motor nashri.
Mashina CLAR modul platformasiga o‘tkazilib, ancha yengillashadi. U to‘rt silindrli, 184 va 252 ot kuchiga ega benzinli motor, shuningdek, olti silindrli M40i modifikatsiyasiga ega bo‘lishi mumkin.
Dizel agregatlari qatoriga to‘rt silindrli, 190 ot kuchiga ega hamda olti silindrli, 265 ot kuchiga ega motorlar kiradi.
Bundan tashqari, X3 krossoverida integratsiyalashgan displeyli kalit paydo bo‘ldi.
Izoh (0)