Ukraina poytaxti Kiyev tobora ommalashib borayotgan kiberfutbol bo‘yicha Xalqaro musobaqaga mezbonlik qildi. Unda ilk bor O‘zbekiston virtual sport o‘yinlari va kiber futbol federatsiyasi vakillari ishtirok etdi, deb yozdi “Championat.asia”.
O‘zbekiston chempionatida o‘zini ko‘rsatib kelayotgan va “Bunyodkor” nomidan harakat qiladigan Muhammadamin Turg‘unboyev FIFA17 o‘yinida barcha raqiblarini mag‘lub etib, xalqaro turnir finaliga qadar yetib bordi. Ammo hal qiluvchi o‘yinda omad o‘zbekistonlik kiberfutbolchidan yuz o‘girdi. Hal qiluvchi o‘yin “Ayaks” vakili Danining kichik g‘alabasi bilan nihoyasiga yetdi.
Musobaqada, shuningdek, “Metallurg” nomidan harakat qiladigan Server Kerimov ham ishtirok etgandi. Mazkur kiberfutbolchi turnirni mag‘lubiyat bilan boshlagan ishtirokchilarning o‘zaro musobaqasida yarim finalga qadar yetib bordi.
Izoh (0)