Samarqand viloyati Pastdarg‘om tumanida o‘tkazilayotgan “Tozalash” tadbiri davomida profilaktika inspektorlari tomonidan qimorbozlar qo‘lga olindi. Bu haqda IIV Huquqbuzarliklar profilaktikasi bosh boshqarmasi xabar berdi.
23-avgust soat 11:00 larda Pastdarg‘om tuman IIB profilaktika inspektorlari tomonidan o‘tkazilgan tadbir vaqtida, O‘rta Charxin mahallasida yashovchi fuqaro U.M. o‘zi istiqomat qiladigan uyning alohida xonasida pul evaziga qimorxona tashkil etgani aniqlandi.
Qimor o‘yini ishtirokchilari va ularning qimor o‘yini uchun sharoit yaratib bergan fuqaro qo‘lga olindi. O‘yinga tikilgan 1 783 000 so‘m pul va o‘yin kartalari daliliy ashyo sifatida hujjatlashtirildi.
Mazkur holat yuzasidan Pastdarg‘om tumani IIB tomonidan fuqaro U.M. ga nisbatan Jinoyat Kodeksining 278-moddasi 1-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi.
Izoh (0)