O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev “O‘zbekiston Davlat konservatoriyasi moddiy-texnik bazasini mustahkamlash bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi qarorni imzoladi, deya xabar bermoqda “O‘zbekiston 24”.
Qarorga muvofiq, “Toshkent” respublika fond birjasi sobiq binosi (Toshkent, Buxoro ko‘chasi, 10-uyda joylashgan) O‘zbekiston Davlat konservatoriyasiga berildi.
Xabar berishlaricha, u yerda jahon standartlariga mos bo‘lgan zamonaviy konsert zali barpo etiladi.
Izoh (0)