24-avgust kuni Qozog‘istonning Qarag‘andi viloyati Yegindibulak qishlog‘idan start olgan avtokarvon Toshkent shahriga yetib keldi, deb yozadi “1news.uz”.
Oltita avtomobildagi 34 ishtirokchidan iborat avtokarvon O‘zbekiston poytaxtiga kelgach, uch buyuk qozoq biylaridan biri — Tole biyning maqbarasi joylashgan Shayxontohur yodgorlik majmuasiga yo‘l oldi.
Majmua yonida avtokarvon delegatsiyasini Qozog‘iston Respublikasining O‘zbekistondagi Favqulodda va Muxtor Elchisi Yerik Utembayev va Qozog‘iston madaniyat markazi raisi Serik Usenov kutib oldi.
Izoh (0)