Vazirlar Mahkamasining 12-avgustdagi qarori bilan “Vazirlar Mahkamasining Erkin iqtisodiy zonalar faoliyatini tashkil etish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2017-yil 10-apreldagi 196-son qaroriga qo‘shimchalar kiritildi. Bu haqda Norma xabar bermoqda.
Tuzatishlarga ko‘ra, “Hazorasp” erkin iqtisodiy zonasi chegaralari uning hududiga Hazorasp, Urganch, Bog‘ot va Xiva tumanlaridagi yer uchastkalari kiritilishi hisobiga kengaytiriladi.