Afg‘onistondagi AQSh qurolli kuchlari qo‘mondoni Jon Nikolson “Tolibon” radikal harakati jangarilarini qurollarini topshirib, taslim bo‘lishga chaqirdi. Bu haqda “RIA Novosti” xabar bermoqda.
“Qurollarni topshirib, afg‘on jamiyatiga qo‘shilib keting”, — dedi u.
“Jangarilar xalqqa qiyinchiliklar olib kelishni to‘xtatishi lozim”, — qo‘shimcha qildi Nikolson.
Ilgariroq AQSh prezidenti Donald Tramp Afg‘onistondagi harbiy xizmatchilarning vakolatlari kengaytirilishini bildirgan edi. Terrorchilarga qarshi kurash samaradorligini oshirish uchun qator qat’iy choralar ko‘rilishi kutilmoqda.
Bundan tashqari, Tramp AQSh bu Afg‘onistondagi harbiy kuchlar soni hamda harakat rejasi oshkor etilmasligini aytib o‘tdi.
Izoh (0)