Turkiyaning Onado‘lu sudida jinoiy ko‘rib chiqilayotgan chog‘da ixtilof kelib chiqdi va u ko‘chada otishmaga aylanib ketdi. Bu haqda “Korrespondent.net” xabar bermoqda.
Ixtilof tomonlari sud zalidan tashqariga chiqib, bir-biriga qarata o‘q uza boshlagan.
Buning oqibatida ikki kishi jabrlandi. Ulardan biri og‘ir ahvolda.
Otishma ishtirokchilari mashinaga o‘tirib, voqea joyidan qochib ketdi. Ular qidiruvga berildi.
Izoh (0)