O‘zbekiston musulmonlari idorasi Makka shahrida Haj ziyorati chog‘ida Haramdadan tushib ketgan ayol o‘zbekistonlik emasligi haqida bayonot berdi. Bu haqdagi e’lon idoraning rasmiy saytida chop etildi.
Fojea 22 avgust, seshanba kuni yuz bergan edi.
“Shu kunlarda ijtimoiy tarmoqlarda Makkai mukarramadagi Haramda yuz bergan fojea videosi keng tarqalmoqda. Videotasvirda Haramning yuqori qavatidan bir ayol pastga tushib ketgan va unga birinchi yordam ko‘rsatayotganlar orasida o‘zbekistonlik ziyoratchi ham ko‘ringan. Shu sababli yiqilgan ayol ham o‘zbekistonlik ziyoratchilardan biri degan noto‘g‘ri ma’lumot tarqalgan”, — deyiladi xabarnomada.
“O‘zbekiston ishchi guruhi mazkur masalani atroflicha o‘rgandi. O‘zbekistondan kelgan ziyoratchilar sog‘-salomat holda ibodatlarini davom ettirmoqda”, — deyiladi idora bayonotida.
Haram xavfsizlik xizmati yiqilgan ayol efiopiyalik ziyoratchilardan ekanini aniqladi.
Izoh (0)