AQSh prezidenti Donald Trampning xatti-harakatlari mamlakatni yangi xalqaro ixtilofga aralashtirib qo‘yishi mumkin. Amerikaliklarning 68 foizi shunday fikrda, deb xabar beradi “TASS”.
So‘rovni Jorj Vashington universiteti o‘tkazdi.
Respondentlarning 29 foizi bu fikrga qo‘shilmaydi. Shuningdek, 63 foiz respondent mamlakat noto‘g‘ri yo‘ldan boryapti, deb hisoblaydi, 56 foizi esa Tramp o‘z vazifasini bajara olmasligini e’tirof etdi.
“So‘rov natijalari amerikaliklar ortiq Trampning xarakteridan qoniqmayotganini ko‘rsatmoqda. Agar hozir bo‘lingan AQShni birlashtiradigan band bo‘lsa, bu ham Tramp o‘zini noto‘g‘ri tutayotgani masalasidir”, — tushuntirdi tadqiqot natijalarini siyosiy boshqaruv kafedrasi professori Maykl Kornfild.
Izoh (0)