O‘zbekiston hukumati 2017-yilgi paxta hosilini terishga voyaga yetmagan yoshlarni, shuningdek, sog‘liqni saqlash va ta’lim muassasalari xodimlarini jalb etishni qat’iyan taqiqladi. Bu haqda “Gazeta.uz” xabar bermoqda.
AQSh Senatining xalqaro munosabatlar qo‘mitasi delegatsiyasi bilan 15-avgust kuni bo‘lib o‘tgan uchrashuvda bandlik va mehnat munosabatlari vazirining birinchi o‘rinbosari Erkin Muhiddinov 8-avgust kuni Vazirlar Mahkamasi tegishli bayonnomani qabul qilganini bildirdi.
Erkin Muhiddinov umummilliy axborot kampaniyasi tufayli jamoatchilik endilikda mehnat munosabatlarining taqiqlangan amaliyotlaridan yaxshi boxabar ekanligini alohida ta’kidlab o‘tdi.
Izoh (0)