Futbol bo‘yicha Yevropa Chempionlar Ligasining pley-off bosqichidan joy olgan 5 ta uchrashuv kecha yakuniga yetib, guruh bosqichiga yo‘l olgan klublar nomi ma’lum bo‘lgandi.
Bugun — 23-avgust kuni yana 5 ta uchrashuv bo‘lib o‘tadi. Unda g‘olib chiqqanlar qit’a klublarining eng nufuzli musobaqasida o‘ynash imkoniyatiga ega bo‘ladi, mag‘lublar esa Yevropa Ligasining guruh bosqichiga ravona bo‘ladi.
Kunning eng qiziqarli o‘yini “Enfild”da kechib, Yurgen Klopp boshqaruvidagi “Liverpul” Germaniyaning o‘tgan mavsumdagi eng sensatsion klubi — 30 yoshli mutaxassis boshqaradigan “Xoffenxaym”ni qabul qiladi. Tomonlarning Germaniyadagi o‘yinida inglizlar 2:1 hisobida ustun kelgandi.
Chempionlar Ligasi Pley-off raundi 23-avgust, seshanba
“SSKA” (Rossiya) — “Yang Boyz” (Shveysariya)Birinchi uchrashuv: 1:0
“Liverpul” (Angliya) — “Xoffenxaym” (Germaniya)Birinchi uchrashuv: 2:1
“Styaua” (Ruminiya) — “Sporting” (Portugaliya)Birinchi uchrashuv: 0:0
“Kopengagen” (Daniya) — “Qorabog‘” (Ozarbayjon)Birinchi uchrashuv: 0:1
“Slaviya” (Chexiya) — “Apoel” (Kipr)Birinchi uchrashuv: 0:2
Izoh (0)