O‘zbekiston mustaqilligi tantanalari nishonlanishi arafasida Toshkentda transport vositalarining kirishi cheklanishi mumkin. Bu haqda ichki ishlar vazirining birinchi o‘rinbosari Davron Nazarmuhamedov bayonot berdi, deb xabar qiladi “Gazeta.uz”.
Uning qayd qilib o‘tishicha, xavfsizlikni oshirish maqsadida poytaxtda transport vositalari ham yo‘l xavfsizligi xizmatlari tomonidan sinchklab tekshirilmoqda.
Mustaqillik kuni arafasida “Tozalash-aksilterror” operatsiyasi doirasida O‘zbekistonda jinoyatlar sodir etganligi uchun qidirilayotgan 454 shaxs ushlandi. Tekshiruvlar davomida 126 kilogrammdan ortiq narkotik vositalar, o‘nga yaqin o‘qotar qurol va to‘rt patron topildi.
Shubhali xatti-harakatlari tufayli 16 ming kishi ichki ishlar organlariga yetkazildi. Huquqbuzarlikka moyil 660 fuqaro aniqlanib, profilaktik ro‘yxatga kiritildi.
Izoh (0)