Afg‘onistonning Lashkargax shahridagi politsiya uchastkasi yaqinida 23-avgust, chorshanba kuni avtomobilning portlatib yuborilishi oqibatida kamida besh kishi halok bo‘ldi, 38 kishi jabrlandi. Bu haqda Tolo News telekanali ma’lum qildi, deb yozadi “TASS”.
Halok bo‘lganlar orasida uch nafar xavfsizlik kuchlari xodimi bor. Jabrlanganlarning aksariyati mahalliy aholi, jumladan, shu atrofda joylashgan maktab o‘quvchilaridir.
Portlash uchun javobgarlikni “Tolibon” harakati jangarilari zimmasiga oldi.
Izoh (0)