Rossiya moliya vazirligi Bosniya va Gersegovinaga 125 million dollar o‘tkazib berdi. Shu bilan SSSRning oxirgi qarzi yopildi, deb xabar beradi Meduza.
Sobiq Ittifoq Yugoslaviyaga ba’zi tovarlar yetkazib berilgani uchun kerakli to‘lovlarni qilmagan edi. Rossiya o‘sha kelishuv doirasidagi qarzni uzdi.
Yugoslaviyaning qolgan respublikalariga (Serbiya, Xorvatiya, Chernogoriya, Sloveniya va Makedoniya) Rossiya 2011–2016-yillar orasida barcha qarzlarni qaytargan edi.
Izoh (0)