Ispaniyalik mebel dizayneri Valensiyada graffiti bilan bejab tashlangan ko‘priklardan birining ostida o‘ziga nanostudiya qurib oldi, deb yozadi Afisha Daily.
U yerda joy faqat bir kishiga yetsa-da, ammo ilhomlanish uchun kenglik cheksizdir, deyiladi xabarda. Bu yerda zarur narsalarning barchasi — ish stoli, stul, javonlar, fotoromlar va har ehtimolga qarshi ko‘rpa-yostiq ham bor.
Bir qarashda konstruksiya beton gumbazlar ostida havoda muallaq turganga o‘xshaydi, bularning barchasi esa ko‘proq ijodiy jarayonning imkonsizligi haqidagi installyatsiyani eslatadi. Aslida esa u yerda ijod qilishning juda ham imkoni bor: ish joyiga ko‘prikning qarama-qarshi uchidan metall va yog‘ochdan yasalgan mobil platforma kelgan, unda dizaynerning o‘zi o‘tirib, konstruksiyani oddiy dastak yordamida harakatga keltiradi.
Studiyani yaratishga ikki hafta vaqt ketdi. Avval mana bunday edi:
Mana bu suratlarni esa bugun ko‘plab me’morchilik (nafaqat) nashrlarda ko‘rish mumkin:
Studiyani o‘z ko‘zingiz bilan ko‘rishingiz amri mahol: Abeyanas uning qayerda joylashganligini sir tutmoqda. Bunga avvalambor, vandallar va soliq inspeksiyasidan xavfsirashi sababchidir. Shunga qaramay, uning Levrel dizayn agentligi ajoyib tarzda reklama qilindi: agar sizga ixcham va funksional mebel kerak bo‘lsa, shu yerga keling.
Izoh (0)