21-avgust kuni “O‘zbekiston” nashriyot-matbaa ijodiy uyi va Milliy matbuot markazi hamkorligida tarixchi olim Shuhrat Ergashevning atoqli davlat arbobi va yozuvchi Sharof Rashidov tavalludining 100 yilligiga bag‘ishlangan “Erk istar ko‘ngil” nomli kitobi taqdimoti bo‘lib o‘tdi. Bu haqda “O‘zbekiston 24” telekanali xabar berdi.
Kitobda o‘tgan asrda O‘zbekistonda yuz bergan muhim siyosiy jarayonlar, ularning ishtirokchilari, bu jarayonlarning natijalari haqida ham hikoya qilinadi.
Shuningdek, kitobda zamonaviy tarixchilikda ancha muammoli bo‘lgan sovetlarga qarshi qurolli harakat, “madaniy inqilob”, “iliqlik”, “turg‘unlik”, “paxta ishi” kabi hodisalarga ham yangi yondashish va baho berishga harakat qilingan. Kitobdan O‘zbekiston tarixi bilan qiziquvchi barcha kitobxonlar taniqli davlat arbobi va yozuvchi Sharof Rashidov haqida keng ma’lumotlar olishi mumkin.
Izoh (0)