Suriyada AQSh koalitsiyasi samolyotlarining zarbasi oqibatida olti kishi halok bo‘ldi
AQSh boshchiligidagi xalqaro koalitsiya harbiy-havo kuchlari Suriyaning Dayr az-Zavr viloyatida amalga oshirgan aviazarbalar natijasida olti nafar tinch aholi vakili halok bo‘ldi. Bu haqda “TASS” xabar bermoqda.
Suriyaning SANA davlat agentligi ma’lumotlariga ko‘ra, oxirgi ikki kun davomida koalitsiya kuchlari viloyatning besh aholi yashash punktidagi uylarga bomba tashlagan.
Bir kun muqaddam Rakkadagi aviazarbalar oqibatida 17 nafar odam, asosan ayollar va bolalar halok bo‘lgan edi.
Izoh
Kirish
Asosiy yangiliklar