Yevropa Ittifoqi mamlakatlari fuqarolari Buyuk Britaniya birlashmadan chiqib ketganidan keyin ham ushbu mamlakatga vizasiz tashrif buyurish imkoniyatini saqlab qoladi. Bu haqda, Guardian gazetasiga tayanib, “TASS” xabar bermoqda.
Shu bilan birga, ta’kidlanishicha, vizasiz tartib Yevroittifoq fuqarolari Buyuk Britaniyaga kelishi bilan noma’lum muddatga qolish huquqini qo‘lga kiritadi degani emas.
Masalan, agar ular Buyuk Britaniyada ishlamoqchi bo‘lsa, ular bir qator yangi migratsion cheklovlarga rioya etishiga to‘g‘ri keladi.
Bundan tashqari, hukumat mahalliy kompaniyalarda Yevropadan malakali mutaxassislar yollash huquqini saqlab qolishni rejalashtirmoqda.
Izoh (0)