Amerikalik Rober Rayan YouTube’da yengil motorli samolyotdan tushib qolgan Samsung Galaxy S5 smartfoniga tushirilgan videoni chop etdi.
Video muallifining so‘zlariga qaraganda, telefon uning amakisiga tegishli. U yonidan o‘tayotgan samolyotlarni tasvirga tushirishga uringan, ammo telefonni 300 metr balandlikdan tushirib yuborgan.
Natijada smartfon yerga tushgan, ammo jiddiy zarar ko‘rmagan va suratga olishda davom etgan.
The Verge nashri bu Samsung’ning oldindan o‘ylangan reklamasi deb taxmin qilmoqda.
Izoh (0)