Fuqarolar sudyalar faoliyatiga doir bahosini berishi mumkin. Buning uchun ular o‘z fikrlarini qog‘ozga bayon etib, uni sud binolarida o‘rnatilayotgan maxsus qutilarga tashlashi kifoya, deb xabar beradi O‘zA.
Bu amaliyot Shavkat Mirziyoyevning shu yil 13-iyun kuni sudyalar korpusi vakillari bilan bo‘lgan uchrashuvida bildirilgan fikrlardan keyin joriy etildi.
Jinoyat ishlari bo‘yicha Yashnobod tumani sudi binosida namuna tarzda Murojaat matni va fuqarolarning sud faoliyatiga doir fikrlari uchun maxsus quti o‘rnatildi.
Shu munosabat bilan o‘tkazilgan tadbirda Sudyalar oliy kengashi, Sudyalar assotsiatsiyasi hamda davlat va jamoat tashkilotlari vakillari, sudyalar ishtirok etdi.
Izoh (0)