O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Xitoy rahbari Si Szinpinga hamdardlik bildirdi. Bu haqda O‘zbekiston Prezidenti matbuot xizmati xabar berdi.

Foto: Daily Star

“O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Xitoyning Shensi viloyatida yo‘lovchi avtobusi yo‘l-transport hodisasiga uchrashi oqibatida ko‘plab insonlar halok bo‘lgani va jabrlangani munosabati bilan Xitoy rahbari Si Szinpinga hamdardlik bildirdi”, — deyiladi rasmiy axborotda.

Avvalroq Shavkat Mirziyoyev Xitoydagi zilzila munosabati bilan Si Szinpinga ta’ziya izhor etgani haqida xabar berilgan edi.