Misrlik jarroh shifokor mijozning qornidan 39 ta mix va zajigalka topdi. Bu haqda “RIA Novosti” xabar bermoqda.
Jarroh Abdurrahmon Mustafoning so‘zlariga qaraganda, 30 yoshli mijoz oshqozonida og‘riq sezgani bois murojaat qilgan. Ultratovushli tadqiqot suratlarida uning oshqozonida g‘alati predmetlar borligi aniqlangan.Uch soatlik operatsiya davomida shifokor bemorning qornidan 39 ta mix, tirnoq oladigan moslama va yondirgich topgan.
Shifokorlarga ko‘ra, bemorning ahvoli besh kundan so‘ng barqarorlashadi, 15 sutkadan so‘ng esa u shifoxonadan chiqadi.
Bemorning qarindoshlari u ilgari ham shu kabi predmetlar yutganini bildirib o‘tdi.
Izoh (0)