“O‘zbekiston 24” xodimlari namanganlik 105 yoshli Toshtemir ota xonadonida bo‘lib, u kishi bilan suhbatlashdi.
Otaxon o‘zining tajribasidan kelib chiqib uzoq umr ko‘rish haqida kerakli maslahatlar va sirlarini biz bilan o‘rtoqlashdi.
“Uzoq umr ko‘rishning siri mehnatda, harakatda ekan. Xursand bo‘lib, xush kayfiyat bilan, o‘ynab-kulib, halol mehnat qilsangiz, umringiz uzun bo‘laverarkan”, — dedi otaxon.