Fransiya politsiyasi Parij chetida harbiylar guruhi ustiga mashina haydagan kishining shaxsini aniqladi. Bu haqda “Interfaks” xabar bermoqda.
Aytilishicha, jinoyatchi jazoirlik 37 yoshli Xamu Benlatresh bo‘lib, u Fransiyada qonuniy asosda istiqomat qilib keladi.
Benlatresh huquq-tartibot organlariga mayda qonunbuzarliklar tufayli ma’lum, lekin u hech qachon javobgarlikka tortilmagan.
Benlatresh Parijdan shimolroqdagi Bezon shahrida istiqomat qiladi.
Ilgari xabar qilinganidek, 9-avgust kuni Parijning chetidagi Levallua-Perre mavzesida mashina ko‘chalarda patrul xizmatini o‘tayotgan olti nafar harbiyni urib ketdi. Harbiy xizmatchilar jarohat oldi, ularning ikki nafari og‘ir ahvolda.
Izoh (0)