Oq uy yaqinida Trampning soch turmagiga ega bo‘lgan shishiriladigan jo‘ja o‘rnatildi (foto)

Vashingtondagi Oq uy yaqinida katta shishirilgan jo‘ja paydo bo‘ldi. U AQSh prezidenti Donald Trampning soch turmagini eslatuvchi soch turmagiga ega. U davlat rahbarining qarorgohi tufayli ko‘zga tashlanib turgandek qilib o‘rnatilgan. Bu haqda Meduza xabar berdi.

Foto: Twitter / @RebeccaShabad

Jo‘jani norozilik belgisi sifatida rejissor Taram Singx Brar o‘rnatdi. U qo‘g‘irchoqni 1300 dollarga sotib olgan.

Foto: Twitter / @SteveKopack

Foto: Twitter / @Phil_Lewis

Brar Tramp “kuchsiz va samarasiz yetakchi” ekanligni ko‘rsatmoqchi. “U o‘z soliq deklaratsiyalarni oshkor qilishdan, Vladimir Putindan qo‘rqadi va Shimoliy Koreyaga nisbatan o‘zini telbalarcha tutadi”, — dedi aksiya muallifi.

Foto: Twitter / @hilaryr

↓ KEYINGI XABAR ↓
Boshiga chiqing