AQSh qishloq xo‘jaligi vazirligi ishchilariga hujjatlar va rasmiy yozishmalarda “iqlim o‘zgarishi” atamasidan foydalanish taqiqlandi. Bu haqda vazirlikdagi manbalarga tayangan holda The Guardian xabar bermoqda.
Endilikda hujjatlarda “iqlim o‘zgarishi” o‘rniga “ekstremal havo sharoitlari”, “iqlim o‘zgarishiga moslashish” o‘rniga “ekstremal havo sharoitlariga moslashish”, “parnik gazlari chiqindilarini tushirish” o‘rniga esa “yerning organik qismini o‘stirish” atamalari qo‘llanilishi belgilandi.
Aytilishicha, tabiiy resurslarni asrash xizmati bilan yozishmalarda vazirlik xodimlari bu talablardan xavotirdaligini bildirib, ularga aniq so‘zlar va atamalar ro‘yxatini yuborishni so‘ragan.
Ayrim xodimlar bunday talabga norozilik bildirib, professionalizm amaldagi ma’muriyatning injiqliklaridan ustunligini aytmoqda.