Turkiya hukumati Eron bilan chegarada devor qurishni boshladi. Bu haqda “RIA Novosti” xabar bermoqda.
Ma’lumotlarga ko‘ra, devor balandligi 3, eni 2 metr bo‘lgan 7 tonnalik bloklardan quriladi.
Turkiyaning Agri viloyati gubernatori Sulaymon Elban chegaraning devor qurilishi boshlangan qismida bo‘lib, olib borilayotgan ishlar bilan tanishgan.
Qayd etish joiz, Turkiya hozirda Suriya bilan chegarasida uzunligi qariyb 900 kilometrga teng devor qurilishini yakunlamoqda.
Avvalroq Turkiya hukumati mamlakatda faoliyati taqiqlangan Kurdiston ishchi partiyasi (KIP)ga qrashi kurash doirasida Turkiya—Eron chegarasining 70 kilometrlik qismida devor qurishni rejalashtirayotgani haqida xabarlar paydo bo‘lgan edi.