Jahon hamjamiyatining asl maqsadi KXDRga qarshi sanksiyalarning joriy etilishi emas, balki Koreya yarim orolini muzokaralar yo‘li bilan denuklearizatsiya qilish va inqirozni bartaraf qilishdir. Bu haqda Xitoy tashqi ishlar vaziri Van I bayonot berdi, deb xabar qiladi “TASS”.
Bir muddat ilgari BMT Xavfsizlik Kengashi KXDRga qarshi sanksiyalarni kuchaytirish bo‘yicha rezolyutsiyani qabul qildi. Ushbu rezolyutsiyani Xitoy va Rossiya ham yoqlab ovoz berdi.
Bunga izoh berarkan, Van I asosiy maqsad tinchlikka erishish ekanligini aytib o‘tdi.
“Sanksiyalar zarur, lekin ular jahon hamjamiyatining yakuniy maqsadi emas. Asosiy maqsad Koreya yarim orolidagi yadroviy muammoni muhokama qilishga qaytish, uni muzokara va maslahatlashuvlar yo‘li bilan, tinchlik yo‘li bilan hal qilish metodlarini ishlab chiqarishdir”, — ta’kidladi u.
Izoh (0)