Avstraliya sharqiy sohilida AQSh dengiz piyodalarining MV-22 Osprey konvertoplani halokatga uchradi. Bu haqda, ABC telekanaliga asoslanib, “Korrespondent.net” xabar bermoqda.
Kvinslendda boshlangan qutqaruv ishlari yakuniga yetdi. Konvertoplanda bo‘lgan 26 kishidan 23 nafari qutqarildi. Qolgan uch dengiz piyodasi topilmadi. Ular halok bo‘lgan deb hisoblanmoqda.
Qutqaruv-qidiruv ishlari Avstraliya mudofaa kuchlari ko‘magida kengaytirilgan shaklda davom ettiriladi. Bu bir necha oy vaqt olishi mumkinligi aytilmoqda.
Halokatning sabablari haqida hozircha aniq ma’lumot yo‘q.
Izoh (0)