O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev 3-avgust kuni mamlakat ijodkor ziyolilari vakillari bilan uchrashdi. Bu haqda Prezidentning Facebook’dagi rasmiy sahifasida ma’lum qilindi.
Tadbirda taniqli madaniyat namoyandalari, atoqli shoir va adiblar, teatr, kino, musiqa san’ati sohasining atoqli hamda yosh vakillari, san’atshunos olimlar, jurnalistlar ishtirok etdi.
Majlisda davlat rahbari O‘zbekiston Badiiy akademiyasi faoliyatini rivojlantirish bo‘yicha Prezident qarori tayyorlanayotganini ma’lum qildi.
Ushbu hujjatga ko‘ra, Badiiy akademiya a’zolarining ijtimoiy ta’minot sharoiti O‘zbekiston Fanlar akademiyasi a’zolarining ijtimoiy ta’minot sharoitiga tenglashtiriladi. Rassom va haykaltaroshlar tomonidan yaratilgan kartinalarni davlat muzeylariga sotib olish uchun Madaniyat vazirligiga har yili 2 milliard so‘m miqdorida mablag‘ ajratiladi.
Izoh (0)