2017-yilning 31-iyul kuni, taxminan, soat 14:00 larda, Nargiza Ergasheva o‘zganing mol-mulkini yashirin ravishda talon-taroj qilish maqsadida, Yashnobod tumani hududida joylashgan poliklinikada bo‘la turib, shu yerda yo‘lakda fuqaro Nadejda Kupchenko tomonidan qarovsiz qoldirilgan, ichida 260 000 so‘m hamda 600 AQSh dollari miqdoridagi pullari bo‘lgan hamyonini o‘g‘irlagan. Bu haqda Toshkent shahar IIBB matbuot xizmati xabar berdi.
Mazkur holat yuzasidan, Yashnobod tumani IIB huzuridagi Tergov bo‘limi tomonidan O‘zbekiston Respublikasi JKning 169-moddasi 1-qismi (o‘g‘rilik, ya’ni o‘zganing mol-mulkini yashirin ravishda talon-taroj qilish) alomatlari bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.
Hozirda dastlabki tergov harakatlari davom ettirilib, uning boshqa jinoyatlarga aloqadorligi tekshirilmoqda.
Jabrlanuvchining anketa ma’lumotlari o‘zgartirilgan bo‘lib, familiyasi va ismining har qanday o‘xshashligi tasodifiy xarakterga ega.
Izoh (0)