Hyperloop One kompaniyasi 29-iyul kuni Hyperloop tezkor transport tizimining yangi sinovlarini o‘tkazdi. Sinov davomida kompaniyaning XP-1 poyezdi quvur ichida 310 kilometr/soat tezlikka chiqa oldi, deb xabar beradi Meduza.
Techcrunch nashriga ko‘ra, bu Hyperloop tizimining turli variantlari shu paytga qadar qayd qilgan eng katta tezlikdir. Hyperloop One tizimning to‘liq o‘lchovli modelini yarata oldi, deb xabar beradi The Verge.
Sinovlar 500 metrlik test uchastkasida o‘tkazildi. Poyezd dastlabki 300 metrda tezlik oldi, so‘ng sekinlashdi.
Hyperloop One birinchi sinovlarini may oyida o‘tkazgan edi. O‘shanda kompaniya poyezd tezligini 111 kilometr/soatga yetkazgan edi.
Izoh (0)