29-iyul kuni AQShning bir qancha shaharlarida Nike korporatsiyasiga qarshi norozilik namoyishlari bo‘lib o‘tdi. Namoyishchilar korporatsiyaning zavodlari inson huquqlari muntazam ravishda buzilishini shior qilib chiqdi, deb xabar beradi TJournal.
Tashkilotchilarning so‘zlariga qaraganda, Gonduras, Vyetnam yoki Kambodjadagi fabrikalarda ishchilar chidab bo‘lmas sharoitlarda ishlaydi.
AQShning USAS talabalar tashkiloti oxirgi yillarda bir qancha namoyishlar o‘tkazib, Nike chet eldagi zavodlariga ishchilar huquqlari bo‘yicha konsorsium vakillarini kiritishni talab qilmoqda. Iyul oyida korporatsiya do‘konlari oldiga “Noinsoniy sharoitda ishlashni to‘xtating” va “Nike’dan yolg‘on sotib olmang” shoirlari bilan bir necha yuz kishi to‘plandi.
Ammo Reddit foydalanuvchilari namoyishchilarning ayrimlari Nike’ga qarshi aksiyaga Nike mahsulotini kiyib chiqqaniga e’tibor qaratdi. Jumladan, Nike’dan hech narsa sotib olmaslikka chaqirayotgan va ayni paytda kompaniya krossovkasini kiyib olgan qizning surati tarqaldi.
Izoh (0)