Turkiya qo‘shinlari Suriyaning Kobani (Ayn al-Arab) tumani hududiga kiritilgani haqidagi xabarlar haqiqatga mos kelmaydi. Bu haqda “Suriya demokratik kengashi” kurd muxolif partiyasi vakili Reyzan Xedu bayonot berdi, deb xabar beradi “RIA Novosti”.
30-iyul, yakshanba kuni bir qator OAVda Turkiya harbiylari Kobani atrofidagi Bobene va Sifteke qishloqlarida joylashtirilgani haqidagi xabar tarqalgan edi. Ammo bu xabarlar tasdiqlanmadi.
Kobani kurdlar istiqomat qiladigan anklavdir. O‘z vaqtida ushbu shahar ISHIDga jiddiy qarshilik ko‘rsatib mashhur bo‘lgan edi.
IShID ekstremistik guruhi jahonning bir qator mamlakatlari va xalqaro tashkilotlar tomonidan “terrorchilik tashkiloti” deb topilgan.
Izoh (0)